BMTning Jahon Oziq-ovqat Dasturi ogohlantirishicha, Covid-19 pandemiyasi milliy iqtisodiyotlarga etkazayotgan zarar oqibatida 13,7 million odam oziq-ovqat tanqisligidan aziyat chekishi mumkin, deya yozdi Yangi O`zbekiston nashri.
Aholini ish bilan ta`minlash darajasi kundan-kunga tushib ketar ekan, turli etishmovchiliklar kelib chiqaveradi. BMT Jahon Oziq-ovqat Dasturining hisob-kitoblariga ko`ra, hozirgi paytda 3,4 million odam oziq-ovqat tanqisligini boshdan kechirmoqda. 2020 yil yakunigacha bu ko`rsatkich to`rt barobar oshishi mumkin.
Ayniqsa muhojirlar xavf ostida. Kolumbiya, Ekvador, Perudagi ijtimoiy tanglik oqibatida chorasiz muhojirlar soni 540 mingdan 1 millionga qadar ko`payishi mumkin.
BMT Jahon Oziq-ovqat Dasturi maktablar yopilgani uchun tushlik qilolmayotgan bolalarga e`tibor qaratmoqda va o`zi shundoq ham qashshoq mintaqalarda boshlanayotgan pandemiyaning osoratlari juda og`ir bo`lishidan havotir olmoqda.






