1

"Roshen” sudga berildi. Da`vogar Rossiya kompaniyasi

Dunyo 29.05.2020, 12:03
"Roshen”  sudga berildi.  Da`vogar Rossiya  kompaniyasi

Rossiyaning  “Ron Front” kompaniyasi Ukrainaning  mashhur qandolat  korporasiyasi   “Roshen”ni sudga berdi. Bunga  “Roshen” konfetlari qadog`iga  moychechak rasmi tushirilgani  sabab bo`lgan.  Bu haqda "O`zbekoziqovqatxolding" xabar bermoqda. 

Evropa Ittifoqi sudining elektron xujjatlari ma`lumotlariga ko`ra , "Rot Front"  kompaniyasi  “Roshen”ga    moychechak  rasmidan foydalanishni taqiqlamoqchi. Shu  tariqa   iste`molchilarni  chalkashtirishga  yo`q  qo`ymaslik ko`zda  tutilmoqda.  

Rossiya kompaniyasi 2017 yilda ham shunga o`xshash da`vo arizasi bilan  sudda g`alaba qozongan bo`lsada, ammo 2018 yilda sud qarori bekor qilinadi.

Ma`lumot  o`rnida,   “Roshen” Sharqiy  Evropadagi  eng  yirik  qandolat ishlab chiqaruvchilaridan  hisoblanadi.  Bugungi  kunda  korporasiyaning  Ukraina,  Rossiya,  Litva  va  Vengriyada zavodlari  faoliyat ko`rsatmoqda.

 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1