1

Navoiyda uch oylik bolasini 2 xonalik uyga almashtirayotgan ayol qo`lga tushdi

Jinoyat 29.05.2020, 12:32
Navoiyda uch oylik bolasini 2 xonalik uyga almashtirayotgan ayol qo`lga tushdi

O`zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamentining xabar berishicha, 2020 yilning 23 may kuni soat 17:30 da Navoiy viloyati IIB xodimlari tomonidan o`tkazilgan tezkor tadbir jarayonida fuqaro Z.U., (ayol) uch oylik farzandini 25.000 AQSh dollari qiymatiga teng bo`lgan, Navoiy shahri hududidagi ikki xonali xonadonga almashtirishga kelishib olgan.

Shu maqsadda M.G`., bilan Karmana tumani hududida joylashgan “Qosimshayx” jome masjidi binosi oldida ko`rishadi va M.G`. dan Navoiy shahar Navoiy ko`chasida joylashgan xonadonning kadastr hujjatlarini olib, bolakayni unga berayotgan vaqtida ushlanib, undan ikki xonali xonadonga tegishli bo`lgan kadastr hujjatlari ashyoviy dalil tariqasida xolislar ishtirokida rasmiylashtirib olingan.

Holat yuzasidan Karmana tumani IIB huzuridagi Tergov bo`limi tomonidan Jinoyat kodeksining 135-moddasi 3-qismi “a” bandi (odam savdosi) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari olib borishga kirishilgan.

Dastlabki tergov jarayonida Z.U., gumonlanuvchi tariqasida jalb qilinib, huquqlari advokat ishtirokida tushuntirilgan, biroq gumonlanuvchi himoyachi xizmatidan voz kechishini ma`lum qilgan va so`roq qilingan.

“Mazkur jinoyat ishi Tergov departamenti rahbariyati tomonidan alohida nazoratga olindi, jinoyat ishi yakuniga ko`ra qonuniy qaror qabul qilinishi ta`minlanadi”, deyiladi xabarda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1