1

Sankt-Peterburgda 1 iyundan ko`chalarda tibbiy niqob taqib yurish bekor qilinadi

Dunyo 29.05.2020, 14:37
Sankt-Peterburgda 1 iyundan ko`chalarda tibbiy niqob taqib yurish bekor qilinadi

Rossiyaning Sankt-Peterburg viloyatida 1 iyundan boshlab odamlarning ko`chada tibbiy niqob va qo`lqop taqib yurishi majburiy bo`lmaydi. Bu shahardagi karantin cheklovlarini yumshatishning birinchi bosqichining boshlanishi ekani ma`lum qilindi.

Niqob va qo`lqoplarni jamoat transporti, do`konlar va jamoat joylarida taqib yurish majburiyligi o`z kuchida qoladi. Shuningdek, shaharda 1 iyundan boshlab notarial va yuridik idoralar, qabristonlar ochiladi. 65 yosh va undan katta kishilar uchun majburiy tarzdagi «o`zini yakkalash» tartibi bekor qilinadi.

Sankt-Peterburgda aholiga tibbiy niqob taqib yurishning majburiy tartibi 12 maydan joriy qilingandi. Shahar Rossiyadagi barcha hududlar bo`yicha kasallanish holatlari soniga ko`ra mamlakatda 3-o`rinni egallab turibdi. Sankt-Peterburgda epidemiya boshlanganidan beri 14 ming 846 ta kasallanish holati qayd etilgan, 4783 nafar odam kasallikdan tuzalgan, 167 nafar bemor infeksiya asoratlari oqibatida hayotdan ko`z yumgan.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1