1

AQSh prezidenti ijtimoiy tarmoqlarni tartibga solishga qaror qildi

Dunyo 29.05.2020, 16:10
AQSh prezidenti ijtimoiy tarmoqlarni tartibga solishga qaror qildi

AQSh prezidenti Donald Tramp ijtimoiy tarmoqlarni tartibga solish bo`yicha maxsus farmonni imzoladi.

 Farmonga ko`ra, ijtimoiy tarmoqlar ma`muriyatining chop etilgan kontent — post, foto, video, sharhlarni boshqarish imkoniyati cheklanadi.

Endi ushbu hujjat asosida, 1996 yilda qabul qilingan "Kommunikasiyalarda odob-axloqqa rioya qilish to`g`risida"gi  Aktning 230-moddasini amalda qo`llanishi o`zgarishi mumkin.

Natijada foydalanuvchilar tomonidan e`lon qilingan materiallar uchun endi Twitter yoki Facebook jinoiy javobgarlikka tortilishi mumkin bo`ladi.

1996 yildagi normativ manbaga muvofiq ijtimoiy tarmoqlarga — noshirlar sifatida emas, "axborot platformasi" sifatida qaralar edi, ya`ni ulardan postlar mazmuni uchun javobgarlik soqit qilingan edi.

 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1