AsosiyJamiyat

"Qashqadaryoda mafiyami? Hammani urib-qaqshatib tashladi. Xalq ko`chaga chiqdi. Bozor mojarosi" videosiga rasmiy izoh berildi (Video)

'"Qashqadaryoda mafiyami? Hammani urib-qaqshatib tashladi. Xalq ko`chaga chiqdi. Bozor mojarosi" videosiga rasmiy izoh berildi (Video)'ning rasmi

Ijtimoiy tarmoqda “Qashqadaryoda mafiyami?... Hammani urib qaqshatib tashladi. Xalq ko`chaga chiqdi. Bozor mojarosi”  sarlavhali video paydo bo`ldi. Video muallifi Dehqonoboddagi bozor qurilishi yakunlanganini, ammo hokimlik tadbirkorga to`siq bo`lib, bozorni ochib bermayotganini uqtirishga urinadi. Biroq, mazkur ma`lumotlar asossiz ekanligi haqida Dehqonobod tuman hokimligi axborot xizmati xabar berdi.

Boisi, videoda tilga olingan bozor qurilishi hali yakunlanmagan. Qurilish yakunlanmasa-da, tadbirkor Hamdam Mahmudov bozordan qurilishi chala holatda foydalanmoqchi. Biroq, viloyat hokimi Zoyir Mirzaev tadbirkorga har tomonlama ko`mak berishini, qurilish ishlari yakuniga etishi lozimligini ta`kidlagan.  

Viloyat hokimining topshirig`iga ko`ra, tuman hokimi Zoir Aliqulov tashabbusi bilan bozor qurilishi uchun barcha qurilish materillari etkazilmoqda.

Qolgan gaplarni tadbirkor va bozor qurilishida ishtirok etayotganlar tilidan eshiting.  

 

Boshqa yangiliklar