1

Amerikalik olim dunyoga yana bir dahshatli virus xavf solayotganini ma`lum qildi

Dunyo 31.05.2020, 15:00
Amerikalik olim dunyoga yana bir dahshatli virus xavf solayotganini ma`lum qildi

Amerikalik olim Maykl Greger dunyoga jonivordan insonga yuquvchi yangi xavfli virus — zoonozalar xavf solayotganini aytdi. Bu haqda Lenta.ru xabar berdi.

Gregerga ko`ra, H5N1 virusining yangi tashuvchisi oddiy tovuq hisoblanadi. Tovuqlar nosteril fabrika sharoitlarida etishtirilayotgani sababli inson organizmi virusga chalinuvchan bo`lib bormoqda. 

Greger tovuqlarni ulkan fabrikalarda emas, balki uy sharoitida va yangi epidemiyaga yo`l qo`ymaslik uchun oz miqdorda etishtirish kerakligini ta`kidladi. Olimning aytishicha, ko`rshapalaklar COVID-19 tashuvchisi bo`lgan, bu virus insonga Osiyo mamlakatlarida go`shti tansiq taom hisoblanuvchi tangali chumolixo`rdan yuqqan.

Yuqumli kasalliklar bo`yicha ekspert professor Maykl Osterxolmning aytishicha, «tuxumdan chiqqan har bitta jo`ja virus uchun yangi kasallik manbaidir, shuning uchun Xitoydagi barcha tovuqlarni yo`q qilish kerak».

Qayd etilishicha, sil va qizamiq echkilardan, chechak tuyalardan, ko`kyo`tal cho`chqalardan, qorin tifi tovuqlardan kelib chiqqan. Bunday zoonozalar insonga kasal jonivorning go`shti orqali yuqadi. Bu viruslar xavfsiz bo`ladi, ammo ular mutasiyalashishi va inson immun tizimini zaiflashtirib, o`limga olib kelishi mumkin.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1