1

Rishtonda bolalar-o`smirlar sport-maktabini ta`mirlashdagi talon-tarojliklar fosh etildi

Jinoyat 01.06.2020, 13:48
Rishtonda bolalar-o`smirlar sport-maktabini ta`mirlashdagi  talon-tarojliklar fosh etildi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Rishton tuman bo`limi tomonidan o`tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, buyurtmachi Farg`ona viloyati «Yagona buyurtmachi xizmati injiniring kompaniyasi» bilan pudratchi «M-R» xususiy firmasi o`rtasida tuzilgan shartnomaga asosan Rishton tumani bolalar-o`smirlar sport maktabi markaziy futbol o`yingohida bajarilgan 1,3 mlrd so`mlik qurilish-ta`mirlash ishlari nazorat o`lchovidan o`tkazilganida, «M-R» xususiy firmasi mansabdor shaxslari bajarilmagan 150,7 mln so`mlik ishlarni hujjatlarda qo`shib yozganliklari hamda buyurtmachi tomonidan ob`ektni nazorat qilmay, qabul qilib olganliklari oqibatida 150,7 mln so`m byudjet mablag`i talon-taroj qilinganligi aniqlangan. Bu haqda Darakchi.uz ga Bosh prokuratura matbuot xizmati rahbari Hayot Shamsuddinov xabar berdi.

Mazkur holat yuzasidan «M-R» xususiy firmasi va Farg`ona viloyati «Yagona buyurtmachi xizmati injiniring kompaniyasi» mansabdor shaxslariga nisbatan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1