30 may kuni soat taxminan 12:00 da Zangiota tumani Bo`zsuv qo`rg`oni Madaniyat ko`chasida, 38 yoshli X.B., 21 yoshli B.N. bilan o`zaro og`zaki kelishmovchilik oqibatida janjallashib, keyinchalik B.N. uyidagi belkurak bilan X.B. tanasining yuz va oyoq qismiga bir necha marotaba urib tan jarohati etkazgan. Bu haqda O`zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti xabar bermoqda.
Natijada X.B. olgan tan jarohatlari bilan tuman tez tibbiy yordam bo`limiga olib borilgan, shifokorlar tomonidan ko`rsatilgan tibbiy muolajaga qaramay vafot etgan.
Hodisa joyini ko`zdan kechirish jarayonida X.B. xonadonidan, hovlini er qismidan qon dog`lariga o`xshash moddalar, bir dona belkurak, bir dona oq-ko`k rangli qon dog`lariga o`xshash moddalar bo`lgan erkaklar futbolkasi olingan.
Mazkur holat yuzasidan Zangiota tumani IIB huzuridagi Tergov bo`limi tomonidan O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 104-moddasi 3-qismi “d” bandi (odam o`limiga olib kelgan qasddan badanga og`ir tan jarohati etkazish) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, B.N. gumon qilinuvchi tariqasida jalb qilinib prosessual tartibda ushlangan. Hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.