1

"Avto 60 oy" MCHJ mansabdor shaxslariga nisbatan bo‘lgan jinoyat ishi bo‘yicha tergov harakatlari yakunlandi

Jinoyat 02.06.2020, 19:18
"Avto 60 oy" MCHJ mansabdor shaxslariga nisbatan bo‘lgan jinoyat ishi bo‘yicha tergov harakatlari yakunlandi

"Avto 60 oy" MChJ mansabdor shaxslariga nisbatan bo`lgan jinoyat ishi bo`yicha tergov harakatlari yakunlandi. Bu haqda Tashqi ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti xabar berdi.

O`zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti tomonidan “Avto oltmish oy” MChJning mansabdor shaxslari va boshqalarga nisbatan ochilgan jinoyat ishi boshlangan edi. Ularga O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan pul mablag`lari va boshqa mol-mulkni jalb etishga doir noqonuniy faoliyat, soxta tadbirkorlik, soliq yoki boshqa majburiy to`lovlarni to`lashdan bosh tortish, firibgarlik, o`zlashtirish yoki rastrata yo`li bilan talon-toroj qilish, hujjatlar, shtamplar, muhrlar, blankalar tayyorlash, ularni qalbakilashtirish, sotish yoki ulardan foydalanish kabi jinoyatlar bo`yicha ayblov to`ldirilib, ayni paytda dastlabki tergov harakatlari tamomlangan.

“AVTO OLTMISH OY” MChJ  buxgalteriya hujjatlaridagi ma`lumotlar bo`yicha 19.344 dan ortiq shaxslar bilan shartnomalar tuzganligi aniqlangan va ushbu shartnomalar jinoyat ishiga qo`shilgan.

Tergov harakatlari davomida jami etkazilgan moddiy zarar 47,7 mlrd. so`m ekanligi aniqlanib, shundan 36,8 mlrd. so`m undirilgan.

Hozirda jinoyat ishini ayblov xulosasi bilan tegishli sudlovga yuborish choralari ko`rilmoqda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1