1

Ulug`norda qalbaki 100 ming so`mlik kupyuralarning muomalaga kiritilishining oldi olindi

Jinoyat 03.06.2020, 12:15
Ulug`norda qalbaki 100 ming so`mlik kupyuralarning muomalaga  kiritilishining oldi olindi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Ulug`nor tuman bo`limi tomonidan o`tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, fuqaro N.N. 5 dona seriya va raqamlari bir xil bo`lgan 100 ming so`mlik kupyuralarni Andijon shahridagi “Yangi dehqon bozori” AJ hududida muomalaga kiritayotgan vaqtida, mazkur pullar qalbaki ekanligi shubhaga olinib, ashyoviy dalil sifatida olingan. Bu haqda Bosh prokuratura Darakchiga xabar bermoqda. 

O`tkazilgan ekspertiza natijalariga ko`ra, pullar nusxa ko`chirish yo`li bilan rangli printerda chop etilganligini ko`rsatgan.  

Shuningdek, fuqaro N.N. qalbaki pullarni 21.05.2020 yilda “Yangi dehqon bozori” AJ hududida notanish bo`lgan ayoldan o`zidagi mayda pullarni yirik kupyuraga aylantirgan vaqtida olganligini bildirgan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddasi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1