1

Ispaniya 2021 yilgacha bir martalik elim idishlarni taqiqlashni rejalashtirmoqda

Dunyo 03.06.2020, 13:21
Ispaniya 2021 yilgacha bir martalik elim idishlarni taqiqlashni rejalashtirmoqda

2023 yildan boshlab esa bunday idishlarga qo`shimcha soliq joriy qilinadi.

Seshanba kuni Vazirlar kengashi majlisida shunday qarorga kelindi. Ushbu majlisda chiqindilar bo`yicha qonun loyihasi tasdiqlandi.

«2021 yildan boshlab bir marta ishlatiladigan elim idishlarga cheklov joriy qilinadi. Elim materiallar ishlab chiqaruvchi korxonalar chiqindilarini qayta ishlash bilan shug`ullanadi. Qonun loyihasi bir marta foydalaniladigan elim qadoqlar uchun soliq joriy qilinishini ko`zda tutadi», — deydi hukumat bosh vazirining birinchi o`rinbosari, ekologiya masalalari bo`yicha vazir Teresa Ribera.

Soliq avval boshda ishlab chiqaruvchilar, sotuvchilar va xaridorlar uchun joriy qilinadi, 2023 yildan boshlab esa, soliq barcha iste`molchilar, jumladan, chakana savdoda elim idishlarda ichimliklar va taomlar sotib olayotgan xaridorlarga ham solinadi.

Hukumatning rejasiga ko`ra, 2026 yilga kelib elim idishlar sotuvi 2022 yil bilan taqqoslaganda 50 foizga, 2030 yilga kelib esa, 70 foizga tushishi kerak. Riberaning ta`kidlashicha, hukumat ko`rayotgan choralar elim idishlarda ichimlik suvi iste`molini kamaytirishga qaratilgan. Kafe va restoranlarga mijozlarga kran suvini stakan yoki ko`zachalarda bepul berish majburiyati yuklanadi.

Qonun loyihasi shuningdek, buyumning avvaldan rejalashtirilgan tez ado bo`lishiga chek qo`yish va uzoq ishlaydigan elektr tovarlar, tekstil va mebel mahsulotlari, qadoqlar, qurilish materiallarini ishlab chiqarishni rag`batlantirishni ham nazarda tutadi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1