1

Qirg`iziston chegarasida yana mojaro. Bu safar o`q ham uzilgan

Dunyo 03.06.2020, 14:47
Qirg`iziston chegarasida yana mojaro. Bu safar o`q ham uzilgan

Qirg`iziston-Tojikiston chegarasida yana qurolli kelishmovchilik bo`lib o`tdi. Xabar qilinishicha, bugun tunda, 2 iyundan 3 iyunga o`tar kechasi Botkent tumanining Eki-Tash hududidan o`tgan chegarada o`qotar qurol ishlatilgan. Tojikiston tomonidan noma`lum shaxslar Qirg`iziston fuqarosining mashinasi tomon ov qurolidan o`q uzgan.

Bu vaqtda qirg`izistonlik erkak O`sh-Isfana yo`lida harakatlanib ketayotgan bo`lgan. U yaralandi va ayni vaqtda kasalxonada davolanmoqda. Hodisa joyida milisiya xodimlari ish olib boryapti. Chegara xizmati tomonidan xabar qilinishicha, hozirgi vaqtda vaziyat barqaror.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1