AsosiyJamiyat

Ertadan boshlab "yashil" hududlarda masjidlarda namoz o`qishga ruxsat berildi

'Ertadan boshlab "yashil" hududlarda masjidlarda namoz o`qishga ruxsat berildi'ning rasmi

2020 yil 5 iyundan boshlab "yashil" toifaga kiruvchi hududlarda diniy tashkilotlar faoliyatiga ruxsat beriladi

Bunda diniy tashkilotlar binolarining doimiy ravishda dezinfeksiya qilinishi, ularga kirish-chiqish joylarini pirometrlar, antiseptik vositalar va dezinfeksion “to`shak”lar bilan jihozlash, xodimlarning tibbiy niqob va tibbiy qo`lqoplardan foydalanishi, ijtimoiy masofani saqlashi talab etiladi.

Shuningdek,  namoz vaqtida fuqarolarning oraliq masofasini 1,5 metr etib belgilash (maxsus chiziqlar yordamida kataklarga ajratgan holda), shuningdek, har bir fuqaroning tana haroratini o`lchab, 37*S va undan yuqori bo`lgan, infeksiya alomatlari mavjud bo`lgan holatda hamda tibbiy niqobda bo`lmagan hollarda kiritmaslik choralarini ko`rish, jamoaviy diniy marosimlar (juma namozi va boshqalar)ni o`tkazmaslik talab etiladi.

Boshqa ruxsat etilgan faolyatilar haqida batafsil:

15 iyundan O`zbekistonda kafe va restoranlar ochiladi, faqat...

 

"Yashil" va "sariq" hududlarda bog`chalarni ochishga ruxsat berildi, biroq guruhda bolalar soni cheklanadi.

 

O`zbekistonda buyum bozorlari qachondan ish boshlashi ma`lum bo`ldi.

 

15 iyundan hududlar o`rtasidagi avtobus qatnovlariga ruxsat beriladi.

    Boshqa yangiliklar