Bugun, 4 iyun kuni AOKA huzuridagi shtabida Er resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo`mitasi axborot xizmati rahbari Ne`matjon Atamurodov ishtirokida o`tkazilgan brifingda «Sardoba» talofatlarini bartaraf etish borasida qilingan ishlar bo`yicha batafsil ma`lumot berildi.
Xususan,
- «Airbus» kompaniyasining kosmik suratlari, vertolyot va dronlar yordamida suv bosgan hududlarning kunlik bir nechta turdagi xaritalari tuzildi;
- «Sentinel-2» sun`iy yo`ldoshlaridan olingan kosmik suratlarga asosan 2020 yil 4 va 9 may kunlari holatiga suv turgan maydonlar va suv bosgan maydonlarda ekilgan o`simliklarning vegetasiya xaritalari tuzildi;
- suv bosgan hududlarni xatlovdan o`tkazish natijasida kadastr bahosi 254 milliard 652 milion so`mni tashkil etadigan jami 5 ming 388 ta turar joy va kadastr bahosi 14 milliard 584 million so`mni tashkil etadigan jami 133 ta noturar joy ob`ektlari zararlanganligi aniqlandi;
- ta`mirtalab uylar soni — 3003 ta;
- suv toshqinidan zarar ko`rgan uylarning 3 709 ta kadastr hujjatlari dublikatlari 2 kun ichida bepul tayyorlab berildi;
- toshqin natijasida 108 ta fermer va qishloq xo`jalik korxonasining 16 525 gektar eri zararlangan;
- ularning o`rniga boshqa tuman erlardan qo`shimcha ekish uchun 3990 gektar er maydoni aniqlanib, 3244 gektar maydonga ekish ishlari amalga oshirildi;
- shuningdek, suv ostida qolgan qabristonlar aniklanib, ularning manzilli xaritasi tuzildi.