AsosiyJINOYAT

"Samarqand" avtoshohbekatida turgan fuqaro elkasidan turtib ketgan "Damas" haydovchisini yuziga bir musht urib, o`ldirib qo`ydi

Samarqandda arzimagan sabab bilan boshlangan janjal o`lim bilan yakunlandi, deya xabar ber...

'"Samarqand" avtoshohbekatida turgan fuqaro elkasidan turtib ketgan "Damas" haydovchisini yuziga bir musht urib, o`ldirib qo`ydi'ning rasmi

Samarqandda arzimagan sabab bilan boshlangan janjal o`lim bilan yakunlandi, deya xabar berdi IIV huzuridagi Tergov departamenti. 

Keltirilishicha, 2020 yilning 31 may kunidan 1 iyun kuniga o`tar kechasi soat 23:30 da fuqaro 27 yoshli D.R., Narpay tumani Sarbozor mahallasida joylashgan “Mirbozor” savdo bozorining oldidagi “Samarqand” avtoshohbekatida Navoiy viloyatidan kelayotgan pochtani kutayotgan vaqtida, 47 yoshli Sh.U., o`zining boshqaruvidagi “Damas” rusumli avtomashinasida kelib, fuqaro D.R.,ning o`ng elkasidan turtib o`tadi. Buning natijasida yuzaga kelgan janjalda fuqaro D.R., qo`li bilan haydovchi Sh.U.,ning yuziga bir marotaba urgan vaqtida Sh.U., erdagi toshga yiqilib tan jarohati olgan.

Sh.U., olgan tan jarohatlari bilan Narpay tuman tibbiyot birlashmasiga murojaat qilgan.

Holat bo`yicha Narpay tumani IIB huzuridagi Tergov bo`limi tomonidan D.R.,ga nisbatan O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 104-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan (Qasddan badanga og`ir shikast etkazish).

2020 yilning 02 iyun kuni soat 11:30 da Sh.U., ko`rsatilgan tibbiy muolajalarga qaramay tuman tibbiyot birlashmasida vafot etgan.

Shu sababli jinoyat ishi JKning 104-moddasi 3-qismi “d” bandiga (jabirlanuvchining o`limiga olib kelgan qasddan badanga og`ir shikast etkazish) qayta malakalangan. R.D., gumon qilinuvchi tariqasida jalb qilinib, prosessual tartibda ushlangan. 

Hozirda dastlabki tergov harakatlari davom ettirilmoqda. 

 

    Boshqa yangiliklar

    "Samarqand" avtoshohbekatida turgan fuqaro elkasidan turtib ketgan "Damas" haydovchisini yuziga bir musht urib, o`ldirib qo`ydi - Darakchi.uz