Sodiq Safoev qirg`izistonlik hamkasbi bilan suhbatlashdi. Ikki tomon chegarada ro`y bergan so`nggi voqealardan xavotirini bildirdi

Siyosat 04.06.2020, 23:56
Sodiq Safoev qirg`izistonlik hamkasbi bilan suhbatlashdi. Ikki tomon chegarada ro`y bergan so`nggi voqealardan xavotirini bildirdi

Oliy Majlis Senati Raisining birinchi o`rinbosari, O`zbekiston-Qirg`iziston parlamentlararo hamkorlik komissiyasi hamraisi Sodiq Safoev 4 iyun kuni Qirg`iziston Jokorku Keneshi Torag`asi o`rinbosari (spikeri), ushbu Parlamentlararo komissiya hamraisi M.Bakirov bilan videomuloqot tarzida suhbatlashdi. 

Senat axborot xizmati xabar berishicha, mulloqotda ikki davlat chegarasida yuz bergan so`nggi voqealar jiddiy xavotir uyg`otayotgani to`g`risida so`z yuritildi.

Bu vaziyatda parlament a`zolari chetda turmasligi lozimligi qayd etildi. Ular hukumat va hokimiyatning mahalliy vakillik organlari bilan birgalikda bu borada har tomonlama ko`maklashish, chegaradosh tumanlarda barqaror holatni mustahkamlash yuzasidan faol ish olib borishi lozim.

Shu munosabat bilan tez orada Parlamentlararo hamkorlik komissiyasining navbatdagi majlisini o`tkazish taklif etildi.

M.Bakirov ro`y bergan voqea xususida parlament diplomatiyasi va mahalliy hokimiyat vakillik organlari resursidan foydalanish muhimligini qo`llab-quvvatladi.

Suhbat yakunida tomonlar ikki mamlakat o`rtasida hamkorlikni rivojlantirish bo`yicha muntazam muloqotni davom ettirishga tayyor ekanini bildirdi.

Mavzuga oid:

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1