AsosiyDunyo

Microsoft qozoq tilini ham rasmiy tillari qatoriga kiritdi

'Microsoft qozoq tilini ham rasmiy tillari qatoriga kiritdi'ning rasmi

Bu haqda kompaniyaning o`zi ma`lum qildi. Hozirda kompaniyaning tarjima qilinadigan tillari guruhida 60 dan ortiq tillar mavjud, deb xabar beradi Kaz-science.kz. Bu haqda yuz.uz yozmoqda.

Endilikda qozoq tili – Microsoft tarjima dasturlari, ilovalari, Office dasturlari, Bing tarjimoni hamda biznes va dasturiy ta`minotni ishlab chiquvchilarga mo`ljallangan Azure Cognitive Services tarjima xizmatining tilidir.

«Bugun biz til to`siqlarini olib tashlash bo`yicha vazifamizni davom ettirib, Microsoft Translator tillar guruhiga qozoq tilini kiritganimizni mamnuniyat bilan ma`lum qilamiz. Qazaqsha yoki Qazaq Tili deya tanilgan ushbu tilda Qozog`istonda, G`arbiy Xitoyda, G`arbiy Mo`g`ulistonda, Rossiyaning janubida va dunyoning boshqa qismlarida 22 millionga yaqin odam so`zlashadi», —deyiladi bayonotda.

"2014 yil 12 dekabr kuni WikiBilim jamoat fondi Google kompaniyasi tarjima xizmatiga qozoq tili kiritilganini rasman e`lon qilgandi." deb yoziladi xabarda. 

    Boshqa yangiliklar