1

Piskentda pandemiyada ham korxonalar to`xtagani yo`q

Jamiyat 06.06.2020, 18:25
Piskentda pandemiyada ham korxonalar to`xtagani yo`q

  Piskent tumanida qishloq xo`jaligi, sanoat, qurilish va xizmat ko`rsatish sohalaridagi loyihalar hisobiga aholi bandligini ta`minlash, mahalliy byudjet tushumini oshirishga erishilmoqda. Bunday sa`y-harakatlar natijasida joriy yilning birinchi choragida 84 00 million so`mlik sanoat mahsulotlari ishlab chiqarilib, eksport prognozlari bajarildi.  

Bugun kunda tumanda karantin cheklovlari tufayli vaqtinchalik faoliyati to`xtatgan yoki ishlab chiqarish hajmi pasaygan korxonalarni avvalga holatiga keltirish choralari ko`rilyapti. Jumladan, 243 ta korxona karantinga olingandi, hozir ularning  191 tasi faoliyatini davom ettirishni boshladi. Natijada 1700 nafarga yaqin fuqaro ishga chiqdi.    

O`zbekiston-Xitoy “ZHONGTIAN CHEMICAL” mas`uliyati cheklangan jamiyati qo`shma korxonasi rangli metallar ajratib olishda foydalaniladigan ksantogenat kimyoviy moddasini tayyorlaydi. Xorijiy investisiya hisobiga faoliyat yuritayotgan loyihaning umumiy qiymati 5 mln. AQSh dollaridan iborat bo`lib, o`tgan  yilning may oyida foydalanishga topshirildi.  

Bugungi kunda jamiyatda 120 nafar mahalliy aholi ish bilan ta`minlangan. Karantin talablariga rioya qilingan holda ish tashkil etilganligi bois, korxona faoliyatini to`xtatgani yo`q. Ishchilarning oylik maoshi ham oshib bormoqda. Eng muhimi, joriy yilning birinchi choragida rejadagi 198,6 ming AQSh dollari o`rniga 523,7 ming AQSh dollari qiymatida mahsulot eksport qilindi. Mahsulotlar Rossiya, Xitoy, Qirg`iziston va Qozog`iston  davlatlariga jo`natilyapti.  

 

– Jamiyatda to`rt turdagi mahsulotlar tayyorlanadi, – deydi korxona mutaxassisi Jahongir Aliev. – Gidrosulfit mahsulotini terini qayta ishlash, santaginat mahsulotlarini esa tog`-metallurgiya korxonalari xarid qiladi. Eng asosiysi, pandemiya sharoitida ham ish jarayonlari to`xtab qolgani yo`q.  

 

Yana bir yirik loyihalardan biri  “Yujen Plastik” mas`uliyati cheklangan jamiyati bo`lib, tomchilatib sug`orishda qo`llaniladigan plastik trubalarni ishlab chiqarish va qayta ishlashga ixtisoslashgan. Korxonaga “Lolaariq” mahallasidagi sobiq 82-avtobaza binosi hududida tashkil etigan. Loyihaning umumiy qiymati 1 mln. AQSh dollari bo`lib, barchasi to`g`ridan-to`g`ri xorijiy investisiya hisoblanadi. Hamma asbob-uskunalar zamonaviy bo`lib, Xitoy Xalq Respublikasidan olib kelingan. Loyiha bo`yicha jami 30 ta yangi ish o`rinlari yaratildi. O`tgan yili avgust oyida korxona to`liq quvvatda ishga tushirildi. Ayni vaqtda barqaror faoliyat yuritmoqda.

 

“Birlik”   mahallasidagi “Azalea Garment” ma`suliyati cheklangan jamiyati ham pandemiya sharoitida ham faoliyatini to`xtatggani yo`q.  Jamoada buyurtma asosida erkaklar, ayollar va bolalar kiyim-kechaklari, ya`ni  tayyor trikotaj mahsulotlari ishlab chiqarilib, Rossiyaga eksport qilinadi.  Xususan, joriy yilning shu kunigacha 316,7 ming AQSh dollari miqdorida mahsulot xorijga jo`natildi.  

 

Bugungi kunda jamiyatda jami 200 ta ish o`rinlari yaratilgan. Korxona faoliyatini yanada kengaytirish, to`la quvvat bilan ishlashi uchun 300 ta xotin-qizlardan iborat ishchi kuchi talab etilmoqda. Hozir buning uchun barcha choralar ko`rilyapti.  

 

Toshkent viloyati hokimligi axborot xizmati ma`lumotlariga ko`ra, joriy yilda viloyatda sanoat korxonalari va tadbirkorlik bilan bog`liq 56 ta loyihani amalga oshirish hisobiga  309 million 200 ming AQSh dollari miqdoridagi investisiyani o`zlashtirish ko`zda tutilgan. Birinchi chorakda 52,5 million AQSh dollari miqdoridagi investisiya jalb etilib, jami 113 million 400 ming AQSh dollari qiymatidagi mahsulotlar chetga eksport qilindi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1