1

8 yil avval Toshkentda bedarak yo`qolgan 17 yashar qiz, aslida bo`g`ib o`ldirib, murdasi dala hovlida ko`milgan

Jinoyat 06.06.2020, 23:39
8 yil avval Toshkentda bedarak yo`qolgan 17 yashar qiz, aslida bo`g`ib o`ldirib, murdasi dala hovlida ko`milgan

Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati rahbari Hayot Shamsutdinov "Darakchi"ga ma`lum qildi.

2012 yilning 9 sentyabr kuni 1995 yilda tug`ilgan zangiotalik N.G`. «Eski Jo`va» bozorida yo`qolib qolgan. Qizning to`satdan g`oyib bo`lishi uning ruhiy nosog`lomligiga bog`langan, biroq N.G`.ni T.S. ismli fuqaro noma`lum tomonga olib ketgani haqidagi qizning yaqinlari aytgan ko`rsatmalardan kelib chiqilib, o`sha paytdayoq T.S.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 137-moddasi (Odam o`g`irlash) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan. Ammo o`tkazilgan dastlabki tergov jarayonida gumondorni ayblash uchun etarli dalillar bo`lmagani uchun jinoyat ishi harakatdan to`xtatilgandi.

Ma`lum bo`lishicha, jinoyat ishi markaziy mahkama tomonidan nazorat tartibida o`rganilgan, unda qotillik jinoyati alomatlari borligi e`tiboridan ishning Jinoyat kodeksi 137-moddasidan 97-moddasi (Odam o`ldirish) 1-qismiga ko`ra qayta malakalash to`g`risida qaror chiqarilgunicha Shayxontohur tuman IIBda  bo`lgan. Jinoyat ishi qayta malakalanib, tergov o`tkazish uchun tuman IIBdan Toshkent shahar prokuraturasiga o`tkazilganidan so`ng qisqa vaqtda sakkiz yil avval sodir etilgan jinoyat fosh etildi. O`ta og`ir jinoyatni esa avval gumondor tariqasida ishga jalb etilib, biroq etarli dalillar bo`lmagani uchun javobgarlikka tortilmagan T.S. sodir etgan bo`lib chiqdi.

T.S. 1984 yilda Surxondaryo viloyatida tug`ilgan. Yollanma ustachilik bilan shug`ullanib kelgan T.S. 2009 yilda o`zidan qariyb 11 yosh katta, bedarak yo`qolgan qizning onasi zangiotalik N.U. bilan shar`iy nikohdan o`tib birga yashab kelgan. 2011 yilda yigit surxondaryolik qizga rasman uylanadi. Uning uylanishi N.U.ga yoqmaydi, rashk tufayli o`rtada janjal kuchayishi oqibatida T.S.ning keyingi oilasi buzilib ketadi. Shunga qaramay, N.U. yigit bilan birga yashamaydi, aksincha 2012 yilning aprelida ishlash uchun Turkiyaga ketadi.

T.S. esa alam bilan qasd olishni rejalashtiradi va N.U.ning 1995 yilda tug`ilgan qizining ruhiy nosog`lomligidan foydalanib, uni aldov yo`li bilan Parkent tumanidagi N.U.ga tegishli dala hovliga olib boradi. O`sha erda uni choyshab bilan bo`g`ib o`ldirib, murdasini dala hovli erto`lasiga ko`mib yuboradi.

T.S.ning ko`rsatmalariga asosan voqea joyida tekshirish tergov harakatlari o`tkazilganda u ko`rsatgan manzildan inson suyaklari topilgan.

T.S. qamoqqa olingan va jinoiy ish yuzasidan tergov harakatlari olib borilmoqda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1