1

Toshkentda 17 yoshli sartarosh tanishini qaychi bilan o`ldirib qo`ydi

Jinoyat 07.06.2020, 13:59
Toshkentda 17 yoshli sartarosh tanishini qaychi bilan o`ldirib qo`ydi

Joriy yilning 5 iyun kuni Toshkent shahrining Yashnobod tumanida 17 yoshli sartarosh yigit 26 yoshli tanishining ko`kragiga qaychi bilan zarba berib, uni o`ldirdi. Bu haqda Bosh prokuratura Matbuot xizmati ma`lum qildi.

Hodisa 5 iyun kuni soat 00:00 larda yuz bergan. 1994 yilda tug`ilgan I.A. va 1989 yilda tug`ilgan A.B. Asalobod-2 dahasi, 1-uy oldidan o`tirgan vaqtda oldidan o`tib ketayotgan tanishlari 1985 yilda tug`ilgan Z.N. va 2003 yilda tug`ilgan I.Y.ni haqorat qilgan. 

Natijada I.A. I.Y. bilan o`zaro janjallashib qolgan. I.Y. yonida bo`lgan sartarosh qaychisi bilan uning ko`krak qafasi old yuzasi to`sh sohasiga bir marta urib, qasddan o`ldirgan.

Mazkur holat yuzasidan shu kuni tuman prokuraturasi tomonidan I.Y.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 97-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan. I.Y. qo`lga olingan.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1