AsosiyJinoyat

BULUNG`UR TUMAN SUD IJRO DEPARTAMENTI BOShLIG`I QO`LGA OLINDI

Baxtga qarshi qonun bilan ish ko`radigan sud ijro tizimi xodimlari orasida ham qo`lini jinoyat bilan bulg`aydiganlar uchrab turadi. Samarqand viloyati Bulung`ur tumani sud ijro departamenti boshlig`i Shokir Zohidovning mansabini suiiste`mol qilib jinoyatga qo`l urgani fikrimizni isbotlaydi. 

stv.uz sayti tarqatgan ma`lumotlarga ko`ra, tuman sud ijro departamenti boshlig`i Shokir Zohidovning jinoyati huquq-tartibot idoralariga bulung`urlik fuqaroning ariza bilan murojaat qilgani sabab fosh etildi. Eslatib o`tamiz, yurtimizda bugungi kunda fuqarolar haq-huquqni va erkinligini ta`minlash bo`yicha qonun ustuvorligi kafolati yuzasidan aniq chora-tartiblar belgilangan. Shu bois ham huquq-tartibot organi xodimining huquqbuzarligi yuzasidan bo`lgan murojaat doirasida tezkor choralar ko`rishga kirishildi. Shu asosda 2015 yilning 16 sentyabrida esa Shokir Zohidov o`z xizmat xonasida ijro ishining ijobiy natijasi uchun fuqarodan 400 AQSh dollari miqdorida pora olayotganida huquq-tartibot organi tomonidan hibsga olindi. Qo`zg`atilgan jinoyat ishi materiallariga ko`ra, Sh.Zohidov jabrlanuvchidan ijro ishi ko`rilishi uchun avval 100 AQSh dollarini ham rag`bat sifatida olganligi aniqlangan.

Huquq-tartibot organlarining ma`lumotlariga ko`ra, Sh.Zohidov o`z vazifasi davomida pul olishning boshqa bir qator “tizim”larini ham o`ylab topgan. Buni esa Sh.Zohidovning xizmat xonasini ko`zdan kechirish jarayonida o`nlab ijrosi ta`minlanmagan sud hujjatlari topilgani ham isbotlaydi. Ehtimol bu ijro hujjatlari doirasida ham ayblanuvchining o`z rejalari bo`lgandir.

Bugungi kunda esa sobiq qonun ijrochisi Sh.X.Zohidovga nisbatan O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 210-moddasi, 2-bandiga asosan,  ya`ni pora olish bo`yicha ayblov e`lon qilingan.

 

    Boshqa yangiliklar