AsosiyJinoyat

27 mart kuni uyidan chiqib ketib, qaytib ketmagan xorazmlik erkakning jasadi kanaldan mashinasining ruliga janjirlab tashlangan holda topildi

'27 mart kuni uyidan chiqib ketib, qaytib ketmagan xorazmlik erkakning jasadi kanaldan mashinasining ruliga janjirlab tashlangan holda topildi'ning rasmi

Bir muddat avval xorazmlik 34 yoshli fuqaro T.K. o`z uyidan 27 mart kuni "Tiko" avtomashinasida chiqib ketib, qaytib kelmagani ma`lum qilinib, fuqaro bedarak  yo`qolgani haqida takror xabar berib borilayotgan edi. 

Ayni paytda fuqaroning jasadi kanaldan chiqqani ma`lum bo`ldi. Bu haqda Bosh prokuratura Matbuot xizmati xabar bermoqda.

Keltirilishicha, joriy yilning 17 aprel kuni Xazorasp tuman prokuraturasi tomonidan fuqaro T.K. bedarak yo`qolganligi holati yuzasidan JKning 97-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan.  

Olib borilgan tergov harakatlari davomida “Chap qirg`oq” suv taqsimlash inoshooti (kanali) dan “Tiko” rusumli avtomashina va avtomashina haydovchi o`rindig`ida T.K. bo`ynidan zanjir bilan avtomashinaning rul qismiga qulflangan holdagi murda topilgan.  

Hozirda T.K. ning o`lim sabablarini aniqlash bo`yicha sud-tibbiy ekspertizasi tayinlangan. Tergov harakatlari olib borilmoqda, deyiladi rasmiy bayonotda.

    Boshqa yangiliklar