Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Yangiqo`rg`on tuman bo`limi tomonidan o`tkazilgan tezkor tadbirda, tumandagi “X.M.” fermer xo`jaligi rahbari M.X. qo`lga olindi. U I.T.ning ishonchiga kirib, unga xo`jalikning 10 gektar ochiq er maydonida bog`dorchilik tashkil etish uchun hujjatlarni rasmiylashtirib berish evaziga 14 000 AQSh dollari talab qilib, shundan, 5 000 AQSh dollari va 50,0 mln so`mni olib, pul olganligi haqida tilxat yozib bergan vaqtida ashyoviy dalil bilan ushlangan. Bu haqda Bosh prokuratura Darakchiga xabar berdi.
Mazkur holat yuzasidan M.X.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismi “a” bandi va 28, 211-moddasi 2-qismi “b” bandi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.