1

Uchqo`rg`onda qalbaki AQSh dollarlarini muomalaga kiritgan fuqaro ushlandi

Jinoyat 08.06.2020, 14:30
Uchqo`rg`onda qalbaki AQSh dollarlarini muomalaga kiritgan fuqaro ushlandi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Uchqo`rg`on tuman bo`limiga tadbirkor S.X. murojaat qilgan.Uning ma`lum qilishicha, o`ziga tegishli savdo do`konidan 40 ming so`mlik mahsulot xarid qilgan fuqaro J. to`lov evaziga yonida so`m yo`qligini bahona qilgan. Keyin qalbaki 100 AQSh dollarini berib, 960 ming so`m qaytim puli olib ketganligini bayon etib, unga nisbatan qonuniy chora ko`rishni so`ragan.  Bu haqda Darakchi.uzga Bosh prokuratura matbuot xizmati xabar berdi.     

Ushbu holat bo`yicha IIB xodimlari bilan hamkorlikda, qalbaki AQSh dollarini o`tkazishda gumon qilinib ushlangan fuqaro J.O. xodimlarning qonuniy talablariga faol qarshilik ko`rsatgan. Javobgarlikdan qochish maqsadida, hamyonidagi har biri 100 AQSh dollari bo`lgan qalbaki 3 dona kupyuralarning 2 donasini yirtib tashlagan.

Mazkur holat yuzasidan fuqaro J.O.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 176-moddasi 2-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1