Dunyoning birinchi oltin mehmonxonasining qurilishi Vetnam poytaxtida yakunlandi, deya xabar bermoqda O`zbekiston Milliy matbuot markazi BBC agentligiga tayanib.
25 qavatli Dolce Hanoi Golden Lake Hotel binosi umumiy maydoni besh ming kvadrat metr bo`lgan oltin qoplamali plitalar bilan qoplangan.
400 dan ortiq xonalarda mijozlar 6,5 ming dollar narxda qolish imkoniga ega bo`lishadi. Xonalardagi mebellarga oltin qoplanib ishlov berilgan. Mehmonxonaning tom qismida tilladan ishlangan basseyn ham mavjud.






