1

16 yoshli o`smir seyfni o`marish ilinjida sajda qilayotgan buvisini tesha bilan urib o`ldirdi (video)

Jinoyat 08.06.2020, 19:48
16 yoshli o`smir seyfni o`marish ilinjida sajda qilayotgan buvisini tesha bilan urib o`ldirdi (video)

16 yosh – umrning navqironlik davri, bu yosh o`smirlik bilan etilish chegarasi sanaladi. Inson bu davrda kelgusidagi hayoti uchun asos bo`ladigan rejalar tuzadi, diliga ezgu orzu-maqsadlar tugadi.

Biroq Namangan shahrida yashovchi 2004 yilda tug`ilgan M.Z. ismli o`spirin ayni shu o`smirlik orzu-havaslariga to`la navqiron yoshda adashdi. Yangi yil kirib kelishiga sanoqli kunlar qolgandi. U do`stlari bilan bayramni nishonlash va yangi ust-boshlari xarid qilish uchun pul topish ilinjiga tushadi va o`zi yashab kelayotgan uyga bir devor qo`shni bo`lgan uyga, ya`ni amakisinikiga kiradi.

U 68 yoshli buvisi yashaydigan xonadondagi seyfda pul bo`lishini va buvisi o`z nafaqasini o`sha erda saqlashini yaxshi bilardi. U bu pullarga ega bo`lishni ko`ngliga tugib seyf turgan xonaga kiradi. U erda keksa onaxon sajdaga boshini qo`yib namoz o`qiyotgan edi. 

Noqobil nevara pul ilinjida es-xushini unutib qo`lidagi tesha bilan namoz o`qiyotgan buvisining boshiga uradi... Video:

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1