1

Buxoroda sobiq bojxona xodimi oqlandi

Jinoyat 09.06.2020, 12:12
Buxoroda sobiq bojxona xodimi oqlandi

Jinoyat ishlari bo`yicha Buxoro viloyati sudining ochiq sud majlisida aybsiz aybdor — sobiq bojxona xodimi oqlandi...

Ish hujjatlarida keltirilishicha, bu fuqaro 2015 yil mayidan 2019 yil 4 fevral kuniga qadar Buxoro viloyati bojxona boshqarmasi “Olot” chegara bojxona posti Kontrabanda va bojxona qonunchiligi buzilishiga qarshi kurashish guruhi katta tezkor vakili lavozimida ishlab kelgan. Davlat organi mansabdor shaxsi bo`lgani holda, Buxoro viloyati bojxona boshqarmasi Kontrabanda va bojxona qonunchiligini buzilishiga qarshi kurashish bo`limi boshlig`ining  2018 yil 30 sentyabr kungi bildirgisiga asosan Buxoro viloyat bojxona boshqarmasi boshlig`ining 2018 yil 30 sentyabr kungi xizmat safariga yuborish to`g`risidagi buyrug`iga asosan alohida ish yurituvga ajratilgan Buxoro viloyati bojxona boshqarmasi Kontrabanda va bojxona qonunchiligini buzilishiga qarshi kurashish bo`limining ikki xodimibilan birgalikda xizmat safariga chiqishgan. Xizmat safari davomida Turkmaniston orqali O`zbekiston “Olot” chegara bojxona postiga kelgan uch nafar Eron Islom Respublikasi fuqarolari boshqaruvidagi konteynerlar yuklangan avtotransport vositalarini kuzatib borish topshirilgan bo`lsa-da, ushbu yuk avtotransport vositalarini Navoiy viloyatiga qadar kuzatib kelgan.

2018 yil 2 oktyabrda uxlab qolib, ehtiyotsizligi, o`z vazifasini lozim darajada bajarmasligi oqibatida (“MAX-XXI” ishlab chiqarish korxonasining 2018 yil 10 oktyabrdagi ma`lumotiga ko`ra, Eron fuqarosi tomonidan bojxona xodimlariga taqdim qilingan yuk hujjatida ko`rsatilgan jami 2.271.915.646,04 so`m boj to`lovlari to`lanishi lozim bo`lgan), (O`zbekiston Respublikasi DBQning 2019 yil 26 apreldagi ma`lumotnomasiga ko`ra, 2018 yil 30 sentyabrda Turkmaniston Respublikasi Buxoro viloyati bojxona boshqarmasi “Olot” chegara bojxona postiga kirib kelgan Eron Islom Respublikasi fuqarosi boshqaruvidagi yuk avtotransport vositasiga yuklangan, 2018 yil 21 avgustdagi yuk hujjatida ko`rsatilgan ko`rsatilgan 1.220 dona 32 dyumli “LG” va 30 dona 43 dyumli “LG” rusumli televizorlarning umumiy qiymati 202.700 AQSh dollar —1.637.670.056 so`mni tashkil etishi ko`rsatilgan) ushbu yuk avtotransport vositalarini kuzatuvdan qochirib, davlat manfaatlariga jiddiy ziyon etkazilishiga sababchi bo`lgan.

                                   “BARChA HOLATLARNI SINChKOVLIK BILAN TEKShIRIB ChIQISh LOZIM”

Farrux Tursunov, jinoyat ishlari bo`yicha Buxoro viloyat sudi sudyasi:

— JPKning 22-moddasi talablariga ko`ra, sud jinoyat yuz berganini, uning sodir etilishida kim aybdorligini, shuningdek u bilan bog`liq barcha holatlarni aniqlashi, ish bo`yicha isbotlanishi lozim bo`lgan barcha holatlarni sinchkovlik bilan har tomonlama, to`la va xolisona tekshirib chiqishi, ishda yuzaga keladigan har qanday masalani hal qilishda ayblanuvchini yoki sudlanuvchini ham fosh qiladigan, ham oqlaydigan holatlarni aniqlashi va hisobga olishi lozim.

 

      “YuK AVTOMAShINALARI HUDUDDAN ChIQIB KETGANINI KO`RMAY QOLGAN BO`LIShIM MUMKIN”

Buxoro viloyati bojxona boshqarmasi Kontrabanda va bojxona qonunchiligini buzilishiga qarshi kurashish bo`limi xodimidan biri dastlabki tergovda so`roq qilinganda quyidagilarni ma`lum qilgan...

— 2018 yil 1 oktyabr soat 22:00da Navoiy viloyatidagi “Tir park” hududida kuzatuvdagi Eron Islom Respublikasi fuqarolari boshqaruvidagi avtomashinalari bo`lgan. “Tir park” katta yo`l yoqasida joylashgan. Mazkur yo`lda avtomashinalarning serqatnovligi sababli, kuzatuvni olib borayotgan vaqtimizda yuk avtomashinalari “Tir park” hududidan chiqib ketganini ko`rmay qolgan bo`lishim mumkin.

 

Farrux Tursunov, jinoyat ishlari bo`yicha Buxoro viloyat sudi sudyasi:

— Bulardan ko`rinadi Eron Islom Respublikasi fuqarolari avtomashinalari bilan Navoiy viloyatidagi “Tir park”idan chiqib ketgan vaqtda, bojxona xodimi belgilangan navbatchilik grafigiga asosan dam olish uchun uxlagan bo`lgan. Shu bois aynan shu vaqtda unga kuzatuvni amalga oshirish vazifasi yuklatilgan deb bo`lmaydi.

Bunday holatda Eron Islom Respublikasi fuqarolari boshqaruvidagi avtotransportlarni kuzatuvdan chiqarilganligi holatida bojxona xodimini o`z vazifalariga loqaydlik yoki vijdonsizlarcha munosabatda bo`lgan deb ham baholab bo`lmaydi.

Qolaversa, bojxona xodimi, Buxoro viloyati bojxona boshqarmasi Kontrabanda va bojxona qonunchiligini buzilishiga qarshi kurashish bo`limi xodimlari, bo`lim boshlig`ining ko`rsatmalari va uyali aloqa vositasi va uning xotirasidan olingan so`zlashuvlar stenogrammasiga ko`ra, bojxona xodimi kuzatuvlari ostida bo`lgan Eron Islom Respublikasi fuqarolari avtomashinalarini kuzatuvdan qochirganliklari to`g`risida bo`lim boshlig`ini 2018 yil 2 oktyabr soat 6:16da xabardor qilgan. Bu vaqtda kuzatuvdan chiqarilgan avtomashinalarni O`zbekiston hududidan chiqib ketish texnik imkoniyati bo`lmagan.

Bundan, ushbu avtotransportlarni kuzatish haqida topshiriq bergan raxbariyatni ushbu avtotransportlarni ushlash imkoniyatiga ega bo`lgani ko`rinadi.  

Shuningdek, bojxona xodimi o`z ko`rsatmalarida Eron Islom Respublikasi fuqarosi boshqaruvidagi avtotransport O`zbekiston hududidan chiqib ketmaganini bilib, kursdoshi bo`lgan Andijon viloyati bojxona boshqarmasi “Do`stlik” chegara bojxona posti Kotrabanda va bojxona qonunchiligi buzulishiga qarshi kurashish guruhi katta tezkor vakiliga o`zining uyali telefoni orqali ushbu avtomashinani ko`rikdan o`tkazilishini so`ragan. Avtomashina va haydovchisiga oid ma`lumotlarni guruh katta tezkor vakiliga etkazganini bildirgan.

Ish holatlariga ko`ra, Eron Islom Respublikasi fuqarosiga tegishli avtomashina 2018 yil 6 oktyabr soat 15:00da Andijon viloyatidagi “Do`stlik” chegara bojxona postiga kirib borgan va u erda o`tkazilgan tekshirishda avtomashinadagi tovarlar va xujjatlar o`rtasida tafovut mavjudligi aniqlangan.

Shuningdek, “Tezkor-qidiruv to`g`risida”gi Qonuning 16-bandida asosan tezkor kuzatuv tezkor-qidiruvni amalga oshiruvchi organ rahbari tomonidan tasdiqlangan qaror asosida o`tkazilishi belgilangan bo`lsa-da, ushbu jinoyat ishi bo`yicha bunday qaror mavjud emas.

JPKning 23-moddasiga ko`ra, aybdorlikka oid barcha shubhalar, basharti ularni bartaraf etish imkoniyatlari tugagan bo`lsa, sudlanuvchining foydasiga hal qilinishi lozim. Qonun qo`llanilayotganda kelib chiqadigan shubhalar sudlanuvchining foydasiga hal qilinishi kerak.

JPKning 463-moddasiga muvofiq, ayblov hukmi taxminlarga asoslangan bo`lishi mumkin emas.Faqat sudlanuvchining jinoyat sodir etishda aybli ekanligi sud muhokamasi davomida isbot qilingan taqdirdagina chiqarilishi, ayblov hukmiga jinoyat sodir etilishining ish bo`yicha barcha mumkin bo`lgan holatlarini tekshirish, ish materiallarida ma`lum bo`lib qolgan barcha kam-ko`stni to`ldirish, yuzaga kelgan hamma shubha va qarama-qarshiliklarga barham berish natijasida yig`ilgan ishonchli dalillargina asos qilib olinishi lozim.

JPKning 83-moddasiga muvofiq, qilmishida jinoyat tarkibi bo`lmagan shaxs aybsiz deb topilishi lozim.

Yuqoridagi asoslarga ko`ra bojxona xodimining harakatlarida JKning 207-moddasi 1-qismida nazarda tutilgan jinoyat tarkibi bo`lmagani sababli, JPKning 83-moddasining 2-bandiga asosan OQLANDI.

                                                                                                                           Sadoqat ALLABERGANOVA, jurnalist

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1