Qirg`iziston sobiq Bosh vaziri Sapar Isoqov 18 yilga ozodlikdan mahrum qilindi. Bu haqda 24.kg nashri xabar berdi.
Qayd etilishicha, Sapar Isoqovni Qirg`iziston Jinoyat kodeksining 319-moddasi (korrupsiya) bo`yicha aybdor deb topilgan v 18 yilga hukm qilingan.
Hukmga ko`ra, Sapar Isoqov tarixiy muzeyni rekonstruksiya qilishda, shuningdek, Cholpon-ota shahridagi estakadani rekonstruksiya qilish jarayonida korrupsiyaga aralashganlikda aybdor deb topildi. Ushbu ikki holatning har biri uchun u 12 yillik qamoq jazosiga hukm qilindi.
Sud shundan so`ng unga 16 yil qamoq jazosi belgilab qo`ydi. Natijada Bishkek issiqlik elektr stansiyasini rekonstruksiya qilish to`g`risidagi sud qarori inobatga olinib, Sapar Isoqovga 18 yil qamoq jazosi tayinlandi. Unga jazoni qattiq tartibli koloniyada saqlanishi belgilab qo`yildi Shuningdek, Sapar Isoqov davlatga 247 million 650 ming 281 som (taxminan 3.3 million dollar) to`lashi kerak.






