Majburiy ijro byurosining G`allaorol tuman bo`limi ish yurituvida Do`stlik tumanlararo sudining 2019 yil 30 iyuldagi ijro hujjatiga asosan, qarzdor «Mirzacho`l parranda fayz» MChJ va boshqalar hisobidan undiruvchi “ASIA ALLIANCE BANK” ATB Samarqand filiali foydasiga kredit undirish ijro hujjati mavjud bo`lib, undiruv F. Eshmurodovaga tegishli “Captiva” rusumli avtomashinaga qaratilgan hamda avtomashinaning boshlang`ich sotuv bahosi 111 mln. 155 ming so`m belgilangan.
"Xalq so`zi onlayn" yozishicha, F. Eshmurodova kreditni to`lashdan qochib o`ziga tegishli mashinani atayin «yo`qotgan». Shu bois ijro hujjatining ijrosini ta`minlash maqsadida joriy yilning 4 yanvarida F. Eshmurodovaga tegishli bo`lgan “Captiva” rusumli avtomashinaga nisbatan qidiruv e`lon qilingan.
Majburiy ijro byurosi G`allaorol tuman bo`limi tomonidan ma`lum qilinishicha, olib borilgan tezkor qidiruv tadbirlari natijasida ushbu avtomashina Jizzax shahar hududiga yashirib qo`yilganligi aniqlandi va vaqtincha saqlash uchun jarima maydonchasiga olib kelindi.