1

Bektemir tumanida erkak va ayol o`rtasida kelib chiqqan janjal qotillik bilan yakun topdi (Video)

Jinoyat 10.06.2020, 12:33
Teglar: Video
Bektemir tumanida erkak va ayol o`rtasida kelib chiqqan janjal qotillik bilan yakun topdi (Video)

Ichkilikbozlik insoniyat boshiga turli kulfatlar yog`diruvchi illatlar ichida eng dahshatlisidir. 2020 yil 24 may kuni taxminan 21.30 larda Toshkent shahri, Bektemir tumanida ijarada yashovchi Xursandali ismli fuqaro bilan mazkur xonadonda vaqtinchalik ijarada turuvchi Shoira ismli fuqaro o`rtasida o`zaro kelishmovchilik kelib chiqqan. Oqibatda Xursandali oshxona pichog`i bilan qurollanib, Shoiraga tan jarohati etkazgan va voqea joyidan yashiringan. Shoira ismli fuqaro olgan tan jarohati natijasida respublika tez tibbiy yordam markazining Toshkent viloyat bo`limiga etkazilgan. Shifokorlar tomonidan ko`rsatilgan tez tibbiy yordamga qaramasdan, vafot etgan.

Xursandali ismli fuqaroga nisbatan 2020 yilning 25 may kuni O`zbekiston respublikasi JKning 97-moddasi 1-qismiga asosan jinoyat ishi qo`zg`atildi. Olib borilgan tezkor tadbirlar natijasida 2020 yilning 26 may kuni Xursandali ismli fuqaro O`z.R.JPKning 221-moddasi tartibida ushlanib, unga nisbatan qamoqqa olish chorasi qo`llandi. Hozirda mazkur jinoyat ishi yuzasidan Bektemir tuman prokuraturasi tomonidan tergov harakatlari olib borilmoqda.

Sharhlar

Toshkentda 9-sinf o`quvchisi odamlarni is gazidan saqlab qoladigan ixtiro yaratdi (video)

17.11.2023, 09:49

3 yildan beri “Barkamol avlod” bolalar maktabining robototexnika to`garagiga qatnaydigan Ozodbek Hoshimov odamlarni is gazidan saqlab qoladigan ixtiro yaratdi. Bu haqda Maktabgacha va maktab ta`limi...
Oqqo`rg`onda vertolyot ishtirokida to`y kortejini qilganlar jarimaga tortildi (video)

16.11.2023, 12:40

Avvalroq, Toshkent viloyatidagi to`yda vertolyotdan foydalangani aks etgan video tarmoqlarda tarqalgan edi. Toshkent viloyati IIBB Yo`l harakati xavfsizligi boshqarmasi mazur holat bo`yicha ma`lumot taqdim etdi. Ma`lum qilinishicha, IIBB...
Kechagi yomg`irdan so`ng Toshkent markazidagi yangi "dom"ning eri cho`kib, tagi ochilib qoldi (video)

10.11.2023, 12:45

Poytaxt markazida qurilgan yangi ko‘p qavatli uy hali egalariga topshirilmasdanoq kuni kecha yog‘ib o‘tgan yomg‘irdan so‘ng dahshatli manzara kasb etib qoldi. 11 qavatli uyning zinalari...
Farg`onadagi ekin dalasiga yangi tug`ilgan chaqaloq tashlab ketildi (video)

04.11.2023, 12:37

Farg`onada yangi tug`ilgan chaqaloq tashlab ketildi. "Zamon" dasturida mazkur hodisa bo`yicha tafsilotlar ma`lum qilindi.Ma`lum bo`lishicha, Farg`ona tumani Yuqori archa MFY hududidagi katta dalaga yangi tug`ilgan,...
Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1