Marg`ilon shahar Aholi bandligiga ko`maklashish markazi direktori o`rinbosari pora bilan qo`lga tushdi

Jinoyat 10.06.2020, 14:19
Marg`ilon shahar Aholi bandligiga ko`maklashish markazi direktori o`rinbosari pora bilan qo`lga tushdi

Marg`ilonda mansab vakolatini suiiste`mol qilgan direktor o`rinbosari ushlandi, deya xabar berdi Darakchiga Bosh prokuratura Matbuot xizmati.

Keltirilishicha, Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Marg`ilon shahar bo`limi tomonidan DXX va IIB xodimlari bilan hamkorlikda, “Ch.” MFY raisi o`rinbosari Z.ning murojaatiga asosan tezkor tadbir o`tkazilgan.

Unda, Marg`ilon shahar Aholi bandligiga ko`maklashish markazi direktori o`rinbosari M.A. mahallaga jamoatchilik asosida mavsumiy ishga jalb qilingan fuqarolar faoliyatini tekshirishda aniqlangan kamchiliklarni rasmiylashtirmaslik evaziga 2,2 mln so`m pora talab qilib olib, Farg`ona viloyati bandlik bosh boshqarmasining xizmat avtomashinasini ta`mirlayotgan usta O.ga ta`mirlash xarajatlari uchun bergan vaqtida ashyoviy dalil bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan M.A. va boshqalarga nisbatan Jinoyat kodeksining 210-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1