Prezident Shavkat Mirziyoev 24 iyun kuni Moskvada bo`lib o`tadigan G`alaba paradiga borishi kutilmoqda. Bu haqda Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov ma`lum qilgan.
Dmitriy Peskov ushbu paradda Qozog`iston, Qirg`iziston, Moldaviya, Tojikiston, Turkmaniston, O`zbekiston hamda Serbiya, Xorvatiya, Abxaziya, Janubiy Osetiya mamlakatlari rahbarlari ishtirok etishini tasdiqlagan.
Eslatib o`tamiz, Rossiya prezidenti koronavirus pandemiyasi sabab G`alaba paradini keyinga qoldirgan edi. Keyinchalik bu parad 24 iyun kuni o`tkazilishi e`lon qilindi.