AsosiyJamiyat

Qarshida fuqaro sauna massajchisi bilan qo`lga tushdi

'Qarshida fuqaro sauna massajchisi bilan qo`lga tushdi'ning rasmi

Qashqadaryoda fohishaxona tashkil etgan fuqarolar jazoga tortildi, deya xabar bermoqda Qashqadaryo viloyati IIB Axborot xizmati.

Keltirilishicha, 7 iyun kuni soat 20:00 larda Qarshi shahar IIO FMB 3-son IIB HPG TP profilaktika inspektorlari katta leytenant S.Xudoyberdiev va katta leytenant A.Raimovlar Qarshi shahar “Oydin” mahallasida joylashgan "Sarbon LTD" MCHJga qarashli Paxtazor uy mehmonxonasini karantin qoidalariga amal qilayotganlik holatini o`rganish uchun borishgan.

Mazkur vaqtida mehmonxonaning saunasida uch nafar fuqarolar Sh.A, F.S va N.X.lar karantin qoidalariga amal qilmasdan dam olishayotgani, fuqaro Sh.A ushbu saunada massajchi bo`lib ishlovchi M.S bilan jinsiy aloqa qilayotganligi, shuningdek surishtiruv ishlari davomida saunada massajchi bo`lib ishlovchi fuqaro X.M ham kun davomida ikkita fuqaroni qabul qilganligi, ular bilan massaj qilish bilan birga jinsiy aloqa ham qilganligi ma`lum bo`ldi.

Saunani ish yurituvchisi bo`lgan X.O.dan karantin vaqtida saunani nima sababdan ishlayotganligi so`ralgan vaqtida fuqaro X.O. tadbirkorligini, "bir telefon bilan hammangni yo`q qilib yuboraman" - deb aytganligi va IIB xodimlarining qonuniy faoliyatini bajarishiga to`sqinlik qilganligi holatidan to`plangan hujjatlar Qarshi shahar Ma`muriy sudiga taqdim qilindi.

9 iyun kuni Ma`muriy sud tomonidan fuqarolar M.S. va X.M.lar Ma`muriy javobgarlik to`g`risidagi kodeksining 190-moddasi 1-qismi va 54-moddasi 1-qismi bilan aybli deb topilib, eng kam oylik ish haqqining 7 barobaridan jarima va fuqaro X.O esa Ma`muriy javobgarlik to`g`risidagi kodeksining 54-moddasi 2-qismi va 194,195-moddalari bilan aybli deb topilib 10 sutka Ma`muriy qamoq jazosi tayinlandi.

    Boshqa yangiliklar