Xitoy Milliy sog`liqni saqlash komissiyasi kuni kecha mamlakatda 11 nafar chet eldan kirib kelgan fuqaroda SOVID-19 borligi aniqlanganini ma`lum qildi.
Bemorlarning olti nafari Shanxayda, uch nafari Janubiy Xitoyning Guandun provinsiyasida, bir nafari Syanszin shaharchasida, va yana bir nafari esa Futzyan sharqiy provinsiyasida aniqlangan.
Komissiya ma`lumotlariga ko`ra, chorshanba kuni kasallik bilan bog`liq hech qanday o`lim qayd etilmagan.
Bundan tashqari, to`rt bemor shifoxonadan chiqarildi, 358 nafarga yaqin bemorlar bilan aloqada bo`lganlar tibbiy kuzatuvdan qo`yib yuborildi.
Xitoyda shu kungacha 4,634 kishi SOVID-19 infeksiyasidan vafot etdi.
Komissiya ma`lumotlariga ko`ra, bugungi kunda tibbiy kuzatuv ostida 3,179 nafar kishi bor.






