1

Qibrayda tanishlar tomonidan ommaviy kaltaklangan 27 yoshli yigit vafot etdi

Jinoyat 11.06.2020, 14:07
Qibrayda tanishlar tomonidan ommaviy kaltaklangan 27 yoshli yigit vafot etdi

08 iyun kuni soat taxminan 23:00 da fuqaro 30 yoshli Sh.K., tanishlari 27 yoshli Sh.R. va 26 yoshli B.A., lar bilan bir guruh bo`lib, Qibray tumani Yoshlik ko`chasida o`zlariga oldindan tanish bo`lgan 27 yoshli D.B., bilan o`rtalarida yuzaga kelgan og`zaki kelishmovchilik natijasida janjallashadi. Janjal vaqtida ular D.B.,ni bosh-yuz sohasi va tanasining turli joylariga qo`l va oyoqlari bilan bir necha marotaba urib-do`pposlab, tan jarohati etkazishgan. Natijada D.B., og`ir tan jarohati olib, hodisa sodir bo`lgan joyda vafot etgan. Bu haqda O`zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti xabar bermoqda. 

Holat yuzasidan Qibray tumani IIB huzuridagi Tergov bo`limi tomonidan fuqarolar Sh.K., Sh.R. va B.A.,larga nisbatan O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 104-moddasi 3-qismi “d” bandi (jabrlanuvchining o`limiga olib kelgan qasddan badanga og`ir shikast etkazish) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan. Ushbu fuqarolar gumon qilinuvchi tariqasida jalb qilinib, prosessual tartibda ushlangan.

Hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda" deyila xabarda.

 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1