1

Farg`onada stansiya navbatchisiga hujum qilishdi

Jinoyat 11.06.2020, 21:05
Farg`onada stansiya navbatchisiga hujum qilishdi

Farg`ona viloyati 10 iyun kuni soat 15:00 larda Qaqir-Furqat temir yo`l bekatlari oralig`i 206-km 6-piketda joylashgan qo`riqlanmaydigan temir yo`l kesishmasida navbatchi bo`lib ishlovchi shaxsga hujum qilishgan. Bu voqea 11 iyun kuni soat 04:25 larda  sodir bo`lgan. Bu haqda IIV Transportda xavfsizlikni ta`minlash bosh boshqarmasi xabar berdi.

Xususan Farg`ona viloyati Qo`qon shahrida yashovchi X.A. xizmat olib borayotgan vaqtida, notanish shaxs xizmat vazifasini bajarishiga to`sqinlik qilib, uni xizmat joyida urib, tan jarohati etkazganligi ma`lum qilingan.

Olib borilgan surishtiruv natijasida ushbu shaxs Farg`ona viloyati Bog`dod tumanida yashovchi 1988 y.t. X.B. ekanligi aniqlandi. Mazkur holat yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1