“Botirxon Imomxo`jaev” botining firibgarligi fosh etildi

Jinoyat 12.06.2020, 08:16
“Botirxon Imomxo`jaev” botining firibgarligi fosh etildi

1 iyun kuni fuqaro A.S. IIBga murojaat qildi, deya xabar bermoqda Farg`ona viloyati IIB Axborot xizmati.

Unda fuqaro 8 may kuni noma`lum shaxs "Telegram" ijtimoiy tarmog`i orqali “Botirxon Imomxo`jaev” nomli botda 5 yil muddatga 10 million so`mdan 50 million so`mgacha onlayn kredit berishi haqida yolg`on xabar berib, uning ishonchiga kirib, 28 million so`m kredit olishi uchun oldindan 5 % ya`ni 1 400 000 so`m miqdoridagi pullarini plastik kartasi orqali botning karta hisobiga o`tkazdirib, firibgarlik yo`li bilan qo`lga kiritganligini ma`lum qilgan.

Holat yuzasidan Buvayda tuman IIB huzuridagi tergov bo`linmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 2-qismi “v” bandi bilan jinoyat ishi ko`zg`atilgan.

Olib borilgan tezkor qidiruv tadbirlari davomida ushbu jinoyatni S.U. sodir etganligi aniqlanib, tergov harakatlari davom etmoqda.

Eslatib o`tamiz, Jinoyat kodeksining 168-moddasi 2-qismida ko`rsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs 5 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin. 

Farg`ona viloyati Ichki ishlar boshqarmasi fuqarolarimizni firibgarlar tuzog`iga tushib qolmasliklari uchun kredit olish masalalarida rasmiy banklarga murojaat qilishlarini so`rab qoladi, deyiladi xabarda.

 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1