Saudiya Arabistonida 8 iyunda koronavirus bilan kasallanish bo`yicha kunlik rekord qayd etildi. Bu kuni Qirollikda 3369 kishida koronavirus borligi aniqlangan. Shuningdek, COVID-19 bilan bog`liq o`lim holatlari ham 34 taga ko`payib, qurbonlarning umumiy soni 746 kishiga etgan.
Yangi kasallanganlar orasida 19 nafar namozxonlar va masjid xodimlari ham bor. Shu sababli Qirollikning Islom ishlari vazirligi mamlakat bo`ylab 71 ta masjidning vaqtincha yopilishiga va u erda dezinfeksiya ishlari olib borilishiga buyruq berdi.
Saudiyadagi 90 mingta masjidning ochilishiga ikki oylik tanafusdan keyin, 31 may kunidan boshlab ruxsat berilgandi. Masjidlarga kelgan odamlar 2 metr masofa saqlashi,yuz niqobi taqishi va o`zlari bilan joynamoz olib kelishlari belgilab qo`yildi.
Ayni paytda Qirollikda koronavirus bilan kasallanganlar 105 283 tani tashkil qilmoqda. 74 524 kishi kasallikdan tuzalgan, 30 013 kishi kasalxonalarda davolanmoqda.






