Bu haqda vazirning Facebook ijtimoiy tarmog`idagi sahifasiga asoslanib rbs.ru xabar berdi.
Bu haqda vazirning o`zi shunday yozadi: "Do`stlar, sizga bir noxush xabarni aytib qo`yishim kerak. Afsuski, mening koronavirusga so`nggi topshirgan testim ijobiy chiqdi..."
Uning ta`kidlashicha, qat`iy sanitar choralarga qaramay, tibbiyot xodimlarida va umuman barchada har doim virus yuqtirib olish xavfi saqlanib qoladi.
“Oxirgi kunlarda bir qator hududlarda virusga chalinganlar soni o`sishi kuzatilmoqda, jumladan, tadbirkorlar, korxonalar ishchilari, tibbiy xodimlar, davlat xizmatchilari, OAV xodimlarida orasida. Hozirda ko`plab hamyurtlarimiz global inqiroz va pandemiya bilan bog`liq muammolarni hal qilish ustida jadal ishlashmoqda. Ba`zida biz shaxsiy uchrashuvlar, hududlarga safarlarga chiqishimizga to`g`ri keladi. Shu sababli bizda koronavirusga chalinish xavfi yuqoriroq. Shu sababli barcha qozog`istonliklardan “shaxsiy karantin”ga rioya qilishni qat`iy so`rab qolaman”, deb ta`kidlagan Birtanov.
Qozog`istonda koronavirus pandemiyasi sababli 16 martdan 11 aprelgacha favqulodda vaziyat rejimi e`lon qilingandi. Ayni kunda karantin choralari respublikaning turli hududlarida hali ham saqlanib qolmoqda.
Ma`lumot uchun: hozirda Qozog`istonda koronavirusga chalinish holati 14496 tani, undan vafot etganlar soni 73 nafarni tashkil qilmoqda.
So`nggi sutkada 258 kishida koronavirus aniqlangan. 9114 kishi esa virusni enggan.