Rossiyada oxirgi bir sutka ichida COVID-19 yuqtirib olish bilan bog`liq 8835 ta yangi holat qayd etildi. Bu raqam kechagi ko`rsatkichdan 129 taga ko`p. Epidemiya boshlanganidan beri Rossiyada jami 528 ming 964 kishida COVID-19 koronavirus infeksiyasi aniqlangan. Bu haqda manbalarga tayanib BBC.com xabar bermoqda.
Shu bilan birga so`nggi bir kunda 119 nafar bemor vafot etgan. pandemiya davrida virus oqibatida hayot bilan vidolashgan insonlar soni esa bugungi kunda 7 mingga yaqinlashdi. Bu ko`rsatkich ayni vaqtda 6948 nafarni tashkil etmoqda.
Yangi kasallanish holatlari bo`yicha yuqori ko`rsatkich Moskvada qayd etilgan — 1477 kishida koronavirus aniqlangan. Keyingi o`rinlarda Moskva viloyati (+717), Sankt-Peterburg (+259), Sverdlovsk viloyati (+254) va Xanti-Mansiysk avtonom okrugi (+229) bormoqda.






