Qorako`l tumanida motosiklni olib qochib, bo`laklarga bo`lgan shaxs qo`lga olindi

Jinoyat 15.06.2020, 14:21
Qorako`l tumanida motosiklni olib qochib, bo`laklarga bo`lgan shaxs qo`lga olindi

9 iyunga o`tar kechasi soat 01:30 larda Qorako`l tumani, "Eski qal`a" MFY da yashovchi, yakka tartibda ishlovchi, 1989 yilda tug`ilgan fuqaro M.F. mast holatda "Chekirchi" MFY da yashovchi, 2001 yilda tug`ilgan fuqaro B.O. ga tegishli bo`lgan qizil rangli “Minsk” rusumli motosiklni "Xo`jalar" MFY, Xo`jalar ko`chasida joylashgan savdo do`koni oldida vaqtincha qoldirib ketilganligidan foydalanib, ushbu transport vositasini talon-toroj qilish maqsadida o`g`irlik yo`li bilan yashirin ravishda olib qochib, o`zining yashash uyiga olib borib, yashirib qo`ygan.

Xodimlar tomonidan olib borilgan tezkor qidiruv-surishtiruv harakatlari natijasida fuqaro M.F. ning qilmishi fosh etilib, u motosiklni to`liq ehtiyot qismlarga ajratib, bo`yoqlarini o`chirib tashlab, transport vositasini talon-toroj qilish maqsadida o`g`irlik yo`li bilan olib qochish jinoyatini sodir qilganligi aniqlangan.

Holat yuzasidan M.F. ga nisbatan Jinoyat kodeksining 267-moddasi 2-qismi “g” bandiga asosan jinoyat ishi qo`zg`atilgan.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1