1

Namanganlik erkak xotini va uch bolasini bolta bilan chopdi. Keyin esa o`zini yoqib yubordi

Jinoyat 15.06.2020, 15:14
Namanganlik erkak xotini va uch bolasini bolta bilan chopdi. Keyin esa o`zini yoqib yubordi

Namanganda 44 yoshli fuqaro avval oila a`zolarining, so`ng esa o`zining joniga qasd qildi. Bu haqda "darakchi.uz"ga Bosh prokuratura Matbuot xizmati ma`lum qildi.  

Aniqlanishicha, 2020 yil 13 iyun kuni soat 17:30 da Namangan shahri, Yangi Zamin mahallasida yashovchi, 1976 yilda tug`ilgan erkak U.X. yashash xonadonida turmush o`rtog`i, 1984 yilda tug`ilgan M.M.bilan oilaviy mojarolar sababli janjallashib qoladi. Shundan so`ng, er xotinini bolta bilan bosh va bo`yin sohasiga bir necha marotaba urib, qasddan o`ldirgan.

So`ng U.X. voyaga etmagan farzandlari — 2010 yilda tug`ilgan A. M., 2012 yilda tug`ilgan A. M.  va joriy yilning fevralida tug`ilgan I.A.ni ham bolta bilan urib, tan jarohati etkazgan.  

Oqibatda, 4 oylik chaqaloq I.A. voqea joyida vafot etgan. Katta farzandlari A.M. va A.M. esa tan jarohati olib, qo`shnisi A.D.ning yashash xonadoniga qochib chiqishgan.  

Shundan so`ng U.X yashash uyining oshxonasida o`zini-o`zi yoqib yuborib, hodisa joyida vafot etgan.

Mazkur holat yuzasidan shu kuni viloyat prokuraturasi tomonidan U.Xolmirzaevga nisbatan JKning 97-moddasi 2-qismi “a” bandi va 25,97-moddasi 2-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan, deyiladi taqdim etilgan ma`lumotda. 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1