AsosiyJamiyat

Magistraturaga qabul bo`yicha hujjat topshirish shartlari va imtihon kunlari ma`lum qilindi

'Magistraturaga qabul bo`yicha hujjat topshirish shartlari va imtihon kunlari ma`lum qilindi'ning rasmi

Avval xabar qilganimizdek, ayni paytda Bosh vazir o`rinbosari Behzod Musaev rahbarligida yangi o`quv yili qabul jarayonini tashkil etish bilan bog`liq masalalarga bag`ishlangan brifing bo`lib o`tmoqda. Brifingda ishtirok etayotgan "Darakchi" nashri  muxbiri Sardorbek Rahmonqulovning xabar qilishicha, bu yil magistratura bosqichiga qabul bo`yicha ham yangiliklar e`lon qilingan.

Unga ko`ra magistratura bosqichi uchun:

⁃ Hujjatlar magistr.edu.uz portali orqali faqat onlayn qabul qilinadi, OTMga kelmaydi;

⁃ Hujjatlar qabul qilish 1 iyuldan boshlanib, 30 iyulgacha davom etadi;

⁃ Imtihonlar 3-15 avgust kunlari o`tkaziladi.

Mavzuga doir: Joriy yilda qaysi toifadagi abiturientlar uchun alohida grant asosida kvota ajratilgani ma`lum bo`ldi

Bu yil OTMga kirish imtihonlari qaysi sanada boshlanishi aniq bo`ldi

    Boshqa yangiliklar