AsosiyDunyo

Makron Fransiya koronavirus ustidan g`alaba qozonganini e`lon qildi

'Makron Fransiya koronavirus ustidan g`alaba qozonganini e`lon qildi'ning rasmi

Fransiya Prezidenti Emmanyuel Makron mamlakatda koronavirus epidemiyasi ustidan g`alaba qozonilganini ma`lum qildi. Bu haqda rasmiy manbalar asosida Lenta.ru xabar berdi.

Xabarda aytilishicha prezident Mayotta hamda Gvianadan tashqari barcha hududlar “yashil”, ya`ni koronavirusdan xoli deya e`lon qilgan. Mamlakat rahbari ta`kidlaganidek fransiyada restoran, kafe va barlar ham o`z faoliyatini qayta tiklaydi, davlat chegaralari ham ochilishi aytilmoqda.

Maktablarda an`anaviy ta`lim jarayoni esa 22 iyundan boshlanadi.

“Ammo bu virus yo`qolganini bildirmaydi. Biz u bilan uzoq vaqt ko`nikib yashashga majburmiz. Epidemiyaga qarshi kurash hali tugagani yo`q. Ammo men virus ustidan birinchi g`alabani qo`lga kiritganimizdan mamnunman”, degan prezident.

Makronning ta`kidlashicha, hozirgi kunda asosiy e`tibor mamlakat iqtisodiyotini qayta tiklashga qaratilmoqda.

Ma`lumotlarga ko`ra, Fransiyada koronavirus infeksiyasini 152 460 kishi yuqtirib olgan va shundan 29 335 nafari hayotdan ko`z yumgan.

    Boshqa yangiliklar