Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Olmazor tumani bo`limi tomonidan tezkor tadbir o`tkazildi.
Bosh prokuraturaning Darakchiga bergan ma`lumotiga ko`ra, Yunusobod dizayn kasb-hunar kolleji o`qituvchisi M.A. kollejning 3-kurs o`quvchisi N.A.ning ishonchiga kirib, uning baholarini qo`ydirib berish hamda diplomini olib berish evaziga 100 AQSh dollari va 500 ming so`m talab qilgan. Pulni olayotgan vaqt ashyoviy dalil bilan ushlandi.
Mazkur holat yuzasidan M.A.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 1-qismi va 28, 211-moddasi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.






