AsosiyDunyo

Moskvada bo`ladigan G`alaba paradida O`zbekiston harbiylari ham ishtirok etadi

'Moskvada bo`ladigan G`alaba paradida O`zbekiston harbiylari ham ishtirok etadi'ning rasmi

Prezident Shavkat Mirziyoev 24 iyun kuni Moskvada bo`lib o`tadigan G`alaba paradiga borishi kutilayotgani haqida xabar bergan edik. 

Bugun,  G`alaba paradida O`zbekiston harbiylari ham ishtirok etishi ma`lum bo`ldi. Moskvadagi  G`alaba paradida qatnashish uchun 12 mamlakat harbiylari Rossiyaga bordi. Bu haqda ushbu mamlakat armiya generali, parad komandiri Oleg Salyukov ma`lum qildi.

Uning so`zlariga ko`ra, Rossiyaga allaqachon Moldova, Mo`g`uliston, Serbiya, Tojikiston, Turkmaniston, Xitoy, Ozarbayjon, Armaniston, Belarus, O`zbekiston, Qozog`iston va Qirg`iziston harbiy xizmatchilari kelgan.  

15 iyun kuni chet ellik harbiylar Moskva yaqinidagi Alabino maydonchasida tashkil etilgan mashg`ulotlarda qatnashdilar.

Ma`lumot uchun:

Moskvadagi paradda qatnashadigan qirg`iz harbiylarida koronavirus aniqlangan edi.

    Boshqa yangiliklar