1

Surxondaryolik fuqaro uyiga kelgan tanishi bilan janjallashib, uning oyog`iga pichoq sanchdi. Jabrlanuvchi vafot etdi

Jinoyat 18.06.2020, 08:38
Surxondaryolik fuqaro uyiga kelgan tanishi bilan janjallashib, uning oyog`iga pichoq sanchdi. Jabrlanuvchi vafot etdi

Surxondaryo viloyatida ikki kishining janjali o`lim bilan yakun topdi. Bu haqda Surxondaryo viloyati IIB Axborot xizmati xabar qildi. 

Aniqlanishicha, 16 iyun kunitaxminan soat 16.30 lar chamasida, tumanning “Qushtepa” mahallasida yashovchi K.J. uyida tumanning “Boymoqli” mahallasida yashovchi Y.A. bilan o`zaro janjallashib qolgan. 

 K.J. qo`lidagi oshxona pichog`i bilan Y.A. ning o`ng oyog`ining son qismiga bir marotaba sanchishi oqibatida, o`ng son o`rta uchligi oldi yuzasidan sanchib kesilgan jarohati, son arteriyasini uzilishi, o`tkir tashqi qon ketishi kabi tan jarohatlari olib kasalxonada vafot etgan.

Mazkur holat yuzasidan 16 iyun kuni K.J. ga nisbatan Jinoyat kodeksining 104-moddasi 3-qismi “d” bandi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan, deyiladi xabardi.

 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1