Sog`liqni saqlash vazirligi koronavirus aniqlangan bemorlar shaxsi haqida ma`lumot berdi. Unga ko`ra, poyxtimizdagi Toshkent tibbiyot akademiyasining ko`p tarmoqli klinikasida 35 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan bemor sog`ayib, o`z uyiga kuzatildi.
Tuzalganlarning 26 nafari erkak, 9 nafari ayol bo`lib, yoshi kattasi 63 yoshda, kichigi esa 18 yoshda. Hududlar kesimida oladigan bo`lsak, Toshkent viloyatidan 7 nafar, Farg`ona viloyatidan 6 nafar, Toshkent shahri va Jizzax viloyatidan 5 nafardan, Surxondaryo viloyatidan 4 nafar, Qoraqalpog`iston Respublikasi, Sirdaryo va Qashqadaryo viloyatlaridan 2 nafardan, Xorazm va Namangan viloyatlaridan 1 nafardan.
Endilikda Toshkent shahrida koronavirus infeksiyasidan tuzalganlar soni 2097 nafarga etdi.
️Hozirda mamlakatimiz bo`ylab koronavirus infeksiyasidan sog`ayganlar soni 4166 nafarni tashkil etmoqda.
Eslatib o`amiz, sal avval Vazirlar Mahkamasining 2 nafar xodimida koronaviurs aniqlangani xabar qilingan edi.






