Qozog`iston Respublikasi Bosh vazirining o`rinbosari Erali Tugjanovda COVID-19 ning simptomsiz formasi aniqlandi. Bu haqda u o`zining feysbukdagi sahifasi orqali ma`lum qilgan.
Xabarda Bosh vazir o`rinbosari o`zini o`zi yakkalash rejimiga o`tgani aytilgan.
Ma`lumot uchun: Tugjanov mamlakatda koronavirus infeksiyasi tarqalishining oldini olish bo`yicha idoralararo komissiya raisi ham hisoblanadi.
Eslatib o`tamiz, Qozog`istonda koronavirusni yuqtirib olgan mulozimlar soni oshib bormoqda. Bundan avval, Qozog`istonning Birinchi Prezidenti, Elboshi Nursulton Nazarboev, Parlament Majlisi Raisi Nurlan Nigmatulin va sog`liqni saqlash vaziri Eljan Birtanovda koronavirus aniqlangani to`g`risida ma`lum qilingandi.






